Palindrom Raqam

Masala #67 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Chapdan o'ngga ham, o'ngdan chapga ham bir xil o'qiladigan son palindrom deyiladi. Masalan, 12321 va 7 — palindromlar, 145 esa palindrom emas.

Avtomobil raqamlari ishqibozi Sherzod ko'chada uchragan sonlarni yozib yuradi va ular orasidan palindromlarni ajratib oladi. Uzun sonlarni ko'z bilan tekshirish qiyin, shuning uchun u dastur yozmoqchi.

P soni berilgan. U palindrom ekanini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son P.

Chegaralar: 1 ≤ P ≤ 1015

Chiquvchi ma'lumotlar

P palindrom bo'lsa YES, aks holda NO deb chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.