Ustunlar Yig'indisi

Masala #109 · murakkablik 5% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Supermarket N kun davomida M turdagi mahsulot sotdi. Har kungi savdo jadvalga yozib borildi: qator — kun, ustun — mahsulot turi, katakda — shu kuni sotilgan dona soni (xaridorlar qaytargan mahsulot manfiy son bilan yoziladi). Omborchi keyingi buyurtma uchun har bir mahsulotdan jami qancha sotilganini bilmoqchi.

Savdo jadvali berilgan. Har bir mahsulot turi bo'yicha butun davrdagi umumiy savdoni hisoblang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda N va M. Keyingi N ta qatorda M tadan butun son.

Chegaralar: 1 ≤ N, M ≤ 100; har bir son moduli 104 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda M ta son chiqaring: birinchi mahsulotning umumiy savdosi, ikkinchisiniki va hokazo.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.