So'zlarni saralash
Masala #207 · murakkablik 19% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Nashriyot kitob oxiriga atamalar ko'rsatkichini qo'shmoqchi. Muharrir matndan kerakli so'zlarni uchragan tartibida bitta qatorga yozib chiqdi; ayrim so'zlar bir necha marta yozilgan.
Ko'rsatkichda so'zlar lug'at (leksikografik) tartibida turishi kerak. Takrorlangan so'zlar olib tashlanmaydi — har biri necha marta yozilgan bo'lsa, shuncha marta qoladi.
So'zlar qatori berilgan. Ularni lug'at tartibiga keltiring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bitta probel bilan ajratilgan so'zlar.
Chegaralar: so'zlar soni 1 dan 1000 gacha; har bir so'z kichik lotin harflaridan iborat, uzunligi 1 dan 20 gacha.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda barcha so'zlarni lug'at tartibida, bitta probel bilan ajratib chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.