Xotira bloki

Masala #233 · murakkablik 44% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Operatsion tizimning xotira boshqaruvchisi dasturlarga faqat hajmi ikkining darajasiga teng bo'lgan bloklarni ajratadi: 1, 2, 4, 8, 16 bayt va hokazo. Bunday bloklarni boshqarish ancha oson.

Dastur N bayt xotira so'raganda, boshqaruvchi unga so'ralgan hajm sig'adigan eng kichik blokni beradi — ya'ni N dan kichik bo'lmagan eng kichik ikkining darajasini. Masalan, 3 bayt so'ralsa 4 baytli blok, 8 bayt so'ralsa 8 baytli blok ajratiladi.

So'ralgan hajm N berilgan. Ajratiladigan blokning hajmini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son N.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 1018

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — ajratiladigan blokning hajmini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.