Tsenzura Filtri
Masala #94 · murakkablik 7% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bolalar uchun chat ilovasida taqiqlangan so'z xabarda ko'rinmasligi kerak: u uchragan har bir joyda uning barcha harflari yulduzcha (*) bilan almashtiriladi. Filtr xabarni chapdan o'ngga ko'rib chiqadi; taqiqlangan so'zni topgach, uni almashtiradi va undan keyingi belgidan davom etadi.
Xabar va taqiqlangan so'z berilgan. Filtrdan o'tgan xabarni chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda satr T — xabar (probellar bo'lishi mumkin). Ikkinchi qatorda satr K — taqiqlangan so'z.
Chegaralar: 1 ≤ |K| ≤ |T| ≤ 105
Chiquvchi ma'lumotlar
Filtrdan o'tgan xabarni chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.