Eng Mashhur Taom
Masala #127 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Shahar maktablarida so'rovnoma o'tkazildi: har bir o'quvchi menyudagi o'zi yoqtirgan taomning raqamini belgiladi. Ta'lim boshqarmasi eng ko'p ovoz olgan taomni barcha oshxonalarning doimiy menyusiga kiritmoqchi.
O'quvchilarning javoblari berilgan. Eng ko'p marta tanlangan taomning raqamini aniqlang.
Vaqt chegarasiga e'tibor bering: kirish ma'lumotlari chegaralarining eng katta qiymatlarida ham dastur belgilangan vaqtga sig'ishi kerak.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda butun son N — o'quvchilar soni. Ikkinchi qatorda N ta butun son — tanlangan taomlar raqamlari.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 106; har bir raqam 1 dan 106 gacha. Eng ko'p tanlangan taom yagona ekani kafolatlanadi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — eng ko'p tanlangan taomning raqamini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.