Piramida Zinasi

Masala #64 · murakkablik 7% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Sayyohlik agentligi reklama varaqasiga piramidaning yon ko'rinishini belgilar bilan chizmoqchi. Piramida pog'onalardan iborat: eng yuqori pog'onada 1 ta tosh, undan pastdagisida 2 ta, keyingisida 3 ta va hokazo — eng pastki, N-pog'onada N ta tosh bor.

Rasmda har bir tosh bitta yulduzcha bilan tasvirlanadi, har bir pog'ona alohida qatorga chiziladi.

Pog'onalar soni N berilgan. Piramidani yuqoridan pastga qarab chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son N — pog'onalar soni.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 30

Chiquvchi ma'lumotlar

Pog'onalarni yuqoridan pastga, har birini alohida qatorda chiqaring. Bir qatordagi yulduzchalar (*) bitta probel bilan ajratiladi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.