Uchburchak: minimal yo'l
Masala #337 · murakkablik 38% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Uchburchak shaklidagi sonli piramida berilgan: birinchi qatorda 1 ta, ikkinchi qatorda 2 ta, …, N-qatorda N ta son. Eng yuqoridan boshlab, har qadamda pastga yoki o'ng-pastga siljib, eng pastki qatorga tushing.
Yo'l davomida tashrif buyurilgan sonlar yig'indisini minimallang va shu minimal yig'indini toping.
Aniqlashtirish: N = 1 bo'lsa, javob yagona son. Sonlar nomanfiy.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda N. Keyingi N qatorda mos ravishda 1, 2, …, N ta son (0 ≤ a ≤ 106).
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 500.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — minimal yig'indi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.