Minimal almashtirishlar
Masala #199 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Teatr garderobida N ta ilgak bor; ular 1 dan N gacha raqamlangan. Har bir ilgakda bittadan nomerok osilgan, nomeroklarda ham 1 dan N gacha sonlar yozilgan va ularning barchasi har xil. Tomosha oldidan nomeroklar aralashib ketgan.
Garderobchi har bir nomerokni o'z raqamidagi ilgakka qaytarishi kerak. Bir harakatda u istalgan ikkita ilgakdagi nomeroklarning o'rnini almashtira oladi.
Nomeroklarning hozirgi joylashuvi berilgan. Tartibni tiklash uchun eng kamida nechta harakat kerakligini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda butun son N. Ikkinchi qatorda N ta har xil butun son — 1-, 2-, …, N-ilgakdagi nomeroklarning raqamlari.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 105; har bir raqam 1 dan N gacha va roppa-rosa bir marta uchraydi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — harakatlarning eng kichik sonini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.