Element Qidirish

Masala #104 · murakkablik 4% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

O'yin zindoni N qator va M ustundan iborat xonalar to'ridan tashkil topgan. Har bir xona eshigiga takrorlanmas raqam yozilgan. Qahramonga xazina turgan xonaning raqami ma'lum, lekin xaritada uning o'rnini topish kerak.

Zindon xaritasi va izlanayotgan raqam berilgan. Shu raqamli xona qaysi qator va qaysi ustunda turganini aniqlang. Qatorlar yuqoridan pastga, ustunlar chapdan o'ngga 1 dan boshlab raqamlanadi. Bunday xona zindonda bo'lmasligi ham mumkin.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda N va M. Keyingi N ta qatorda M tadan butun son — xonalar raqamlari (barchasi har xil). Oxirgi qatorda butun son P — izlanayotgan raqam.

Chegaralar: 1 ≤ N, M ≤ 100; barcha sonlar 1 dan 109 gacha.

Chiquvchi ma'lumotlar

Xona topilsa, uning qator va ustun raqamini probel bilan ajratib chiqaring. Topilmasa, Not Found deb chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.