Belgi kodlari
Masala #157 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Kompyuterda har bir belgi o'z kod raqami bilan saqlanadi. Standart ASCII jadvalida 'A' — 65, 'a' — 97, '0' — 48. Belgi va kod o'rtasida o'girish — dasturlashda eng ko'p ishlatiladigan amallardan biri.
Har bir so'rov ikki qismdan iborat: turi (c yoki n) va qiymat. c bo'lsa qiymat — belgi (uning kodini chiqaring), n bo'lsa qiymat — kod (unga mos belgini chiqaring).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda N. Keyingi N qatorda: c <belgi> yoki n <kod> (belgi — ko'rinadigan ASCII belgisi, kod — 32 … 126).
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 2000.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har bir so'rov uchun alohida qatorda o'girilgan qiymat.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.