Kutubxonada Yo'qolgan Kitob

Masala #128 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kutubxonada har bir kitob ikki nusxada saqlanadi — asosiy va zaxira; ikkala nusxada ham bir xil inventar raqami yozilgan. Inventarizatsiya paytida kutubxonachi javondagi barcha kitoblarning raqamlarini yozib chiqdi va bitta kitobning jufti yo'qligini payqadi: qolgan har bir raqam ro'yxatda roppa-rosa ikki marta, faqat bittasi bir marta uchraydi.

Raqamlar ro'yxati berilgan. Jufti yo'qolgan kitobning raqamini aniqlang.

Vaqt chegarasiga e'tibor bering: kirish ma'lumotlari chegaralarining eng katta qiymatlarida ham dastur belgilangan vaqtga sig'ishi kerak.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda toq butun son N — ro'yxatdagi raqamlar soni. Ikkinchi qatorda N ta butun son.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 106; har bir raqam 1 dan 109 gacha.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — ro'yxatda faqat bir marta uchraydigan raqamni chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.