Harflar Orasidagi Masofa

Masala #18 · murakkablik 5% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kriptograf Rustam yangi shifr ustida ishlamoqda. Buning uchun u ikki harf alifboda bir-biridan qancha uzoqda turishini bilishi kerak: a dan d gacha — 3 qadam, y bilan x orasi — 1 qadam. Harflar qaysi tartibda aytilgani ahamiyatsiz.

Ikkita harf berilgan. Ular orasidagi masofani aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda probel bilan ajratilgan ikkita kichik lotin harfi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta son — harflar orasidagi masofani chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.