Kassa
Masala #261 · murakkablik 15% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Bu interaktiv masala. Dasturingiz tayyor ma'lumotni o'qimaydi, balki hakamlar dasturi bilan navbatma-navbat «suhbatlashadi».
Siz do'kon kassasining dasturini yozyapsiz. Kassir mahsulotlarni birin-ketin skanerdan o'tkazadi. Har bir mahsulotdan keyin kassa ekranida shu paytgacha yig'ilgan umumiy summa ko'rinishi kerak — xaridor uni ko'rmaguncha kassir keyingi mahsulotni olmaydi.
Har bir chiqarilgan qatordan keyin chiqish buferini tozalang (flush): C++ da cout << endl yoki fflush(stdout), Python'da print(..., flush=True), Java'da System.out.flush(). Aks holda dasturingiz javobni kutib, vaqt chegarasidan oshib ketadi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Dasturingiz navbatma-navbat butun sonlarni o'qiydi — skanerlangan mahsulotlarning narxlarini. Narx o'rniga 0 kelsa, xarid tugagan: dastur hech narsa chiqarmasdan ishini tugatishi kerak.
Chegaralar: mahsulotlar soni 1 dan 200 gacha; har bir narx 1 dan 109 gacha.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har bir narxni o'qigach, shu paytgacha skanerlangan barcha mahsulotlarning umumiy narxini alohida qatorda chiqaring. Keyingi narx faqat shundan keyin keladi.
tekshiruvchi: 500 # birinchi mahsulot dastur: 500 tekshiruvchi: 1500 dastur: 2000 # 500 + 1500 tekshiruvchi: 250 dastur: 2250 tekshiruvchi: 0 # xarid tugadi - dastur ishini tugatadi
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.