Aniq to'lov

Masala #420 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Hisobchi stolida N ta hujjat yotibdi; har birida bitta summa yozilgan — kirim musbat, chiqim manfiy son bilan. Kunlik balans roppa-rosa S ga teng chiqishi kerak. Hisobchi qaysi hujjatlar bugungi kunga tegishli ekanini eslay olmayapti va nechta variantni tekshirishga to'g'ri kelishini bilmoqchi.

Kamida bitta hujjatdan iborat va summalari yig'indisi roppa-rosa S ga teng bo'lgan hujjatlar to'plamlari nechta ekanini aniqlang. Ikki to'plam kamida bitta hujjati bilan farq qilsa, har xil hisoblanadi — hujjatlardagi summalar bir xil bo'lsa ham.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita butun son N va S. Ikkinchi qatorda N ta butun son — hujjatlardagi summalar.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 18; har bir summa moduli 109 dan oshmaydi; |S| ≤ 2·1010

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — mos to'plamlar sonini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.