Minimal tangalar (ochko'z ishlamaydigan tizim)

Masala #332 · murakkablik 36% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Kassada faqat 1, 3 va 4 so'mlik tangalar cheksiz miqdorda bor. Mijozga S so'm qaytim berish kerak.

Qaytim uchun zarur bo'ladigan eng kam tanga sonini toping.

Aniqlashtirish: bu tanga tizimida eng katta nominaldan boshlab tanlash (ochko'z usul) har doim ham to'g'ri emas — masalan, S = 6 uchun 3 + 3 (2 tanga) 4 + 1 + 1 (3 tanga) dan yaxshiroq. 1 so'mlik tangalar bo'lgani uchun yechim doimo mavjud.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son S (1 ≤ S ≤ 105).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — eng kam tanga soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.