Romb naqshi

Masala #184 · murakkablik 21% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Toq N uchun yulduzchalardan romb shaklini chiqaring. Eng keng qatorda N ta yulduzcha bo'ladi, chetlari simmetrik (bo'sh joylar bilan).

Masalan, N = 5:

  *
 ***
*****
 ***
  *

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta toq butun son N (1 ≤ N ≤ 99).

Chiquvchi ma'lumotlar

Romb shakli. Satr oxirida ortiqcha bo'sh joy bo'lmasin.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.