Eng uzun palindrom qism

Masala #215 · murakkablik 29% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Chapdan o'ngga ham, o'ngdan chapga ham bir xil o'qiladigan satr palindrom deyiladi. Genetiklar DNK zanjirida shunday bo'laklarni qidiradi — ular zanjirning buklanadigan joylarini ko'rsatadi.

Satr berilgan. Uning palindrom bo'lgan eng uzun uzluksiz bo'lagini toping. Bunday bo'laklar bir nechta bo'lsa, eng chapdan boshlanadiganini oling.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda satr S — faqat kichik lotin harflaridan iborat.

Chegaralar: 1 ≤ |S| ≤ 1000

Chiquvchi ma'lumotlar

Topilgan bo'lakni chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.