Valyuta Kursi
Masala #8 · murakkablik 1% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Valyuta ayirboshlash shoxobchasi kursni har xil banklardan oladi. Banklar uni turlicha aniqlikda yuboradi: biri 12500.6789, boshqasi shunchaki 50 deb. Shoxobcha tablosida esa kurs doim bir xil ko'rinishda turadi — nuqtadan keyin roppa-rosa ikkita raqam bilan: 12500.68, 50.00.
Tabloga sig'maydigan raqamlar shunchaki tashlab yuborilmaydi: kurs ikki xonali kasrgacha, eng yaqin qiymatga yaxlitlanadi.
Bank yuborgan kurs berilgan. Uni tabloda ko'rinadigan shaklda chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bitta haqiqiy son F — bank yuborgan kurs.
Chegaralar: 0 ≤ F ≤ 108
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda kursni nuqtadan keyin aynan ikkita raqam bilan chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.