Istalgan optimal intervallar to'plami

Masala #326 · murakkablik 38% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Konferentsiya zaliga N ta tadbir so'rovi kelgan; har biri [L, R] oralig'ida. Zal bir vaqtda bitta tadbirni o'tkazadi.

Zalda o'tkazish mumkin bo'lgan eng ko'p tadbirni tanlang va ularning raqamlarini (1 dan boshlab) chiqaring: birinchi qatorda soni k, ikkinchi qatorda k ta raqam.

Eng ko'p tadbirni beradigan bir nechta tanlov bo'lsa, istalgani qabul qilinadi.

Aniqlashtirish: javob yagona emas — shuning uchun maxsus tekshiruvchi ishlatiladi. U tanlangan tadbirlar kesishmasligini va ularning soni maksimal ekanini tekshiradi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda N. Keyingi N qatorda L R (0 ≤ L < R ≤ 106).

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 5000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda k, ikkinchi qatorda k ta tadbir raqami.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.