Anagrammalar guruhi
Masala #214 · murakkablik 27% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ikki so'z bir xil harflardan tuzilgan bo'lib, faqat harflarining tartibi bilan farq qilsa, ular bir-birining anagrammasi deyiladi. Masalan, abc va cab — anagrammalar, aab va abb esa anagramma emas. So'z o'zining ham anagrammasi hisoblanadi.
Krossvord tuzuvchi so'zlar ro'yxatini guruhlarga ajratmoqchi: bir-birining anagrammasi bo'lgan barcha so'zlar bitta guruhga tushadi, anagramma bo'lmagan so'zlar esa turli guruhlarga. Ro'yxatda bir xil so'z bir necha marta uchrasa, u guruhda ham shuncha marta yoziladi.
So'zlar ro'yxati berilgan. Guruhlarni tuzing.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda butun son N — so'zlar soni. Keyingi N ta qatorning har birida bitta so'z.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 500; har bir so'z kichik lotin harflaridan iborat, uzunligi 1 dan 6 gacha.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har bir guruhni alohida qatorda chiqaring: guruh ichidagi so'zlar lug'at tartibida, probel bilan ajratilgan holda. Guruhlarning o'zi esa birinchi so'zlarining lug'at tartibida chiqariladi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.