Sirli Ketma-ketlik

Masala #65 · murakkablik 9% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Istalgan natural sonni oling. U juft bo'lsa — ikkiga bo'ling, toq bo'lsa — uchga ko'paytirib bir qo'shing. Hosil bo'lgan son bilan yana shu ishni takrorlang. Matematik Kollats har qanday sondan boshlanganda ham oxir-oqibat 1 ga kelinadi deb taxmin qilgan; bu taxmin hali isbotlanmagan, lekin berilgan chegaradagi barcha sonlar uchun to'g'ri.

Masalan, 3 dan boshlansa: 3 → 10 → 5 → 16 → 8 → 4 → 2 → 1 — yetti qadam.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son N.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 107

Chiquvchi ma'lumotlar

N dan 1 ga yetguncha necha qadam bajarilishini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.