Xotira Segmentlari
Masala #56 · murakkablik 5% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Operatsion tizim dasturga xotirani segmentlarga bo'lib ajratadi. Birinchi segmentning hajmi 1 ga teng, har bir keyingi segment oldingisidan roppa-rosa ikki barobar katta.
Tizimda cheklov bor: hajmi M dan katta segment ajratilmaydi. Shunday segmentga navbat kelganda ajratish to'xtaydi.
M soni berilgan. Ajratiladigan barcha segmentlarning hajmlarini tartib bilan chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bitta butun son M.
Chegaralar: 1 ≤ M ≤ 109
Chiquvchi ma'lumotlar
Ajratiladigan barcha segmentlarning hajmlarini o'sish tartibida, bitta qatorda probel bilan ajratib chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.