Labirintda eng qisqa yo'l
Masala #394 · murakkablik 38% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
n × m labirint berilgan: . — bo'sh katak, # — devor, S — boshlanish, E — chiqish.
S dan E gacha eng qisqa yo'l uzunligini aniqlang (qadamlar soni). Faqat yuqori, past, chap, o'ng yo'nalishda yurish mumkin.
Aniqlashtirish: chiqishga yetib borib bo'lmasa, -1 chiqaring.
Misol: kirish 3 3 ⏎ S.. ⏎ .#. ⏎ ..E bo'lganda natija 4 bo'ladi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (2 ≤ n, m ≤ 200). Keyingi n qatorda m ta belgi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — eng qisqa yo'l uzunligi yoki -1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.