Qatorlar yig'indisi maksimumi
Masala #190 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Maktabda sinflararo musobaqa o'tdi. Natijalar jadvalida har bir qator — bitta sinf, qatordagi sonlar — shu sinfning turli bellashuvlarda olgan ochkolari (jarima ochkolari manfiy). Umumiy ochkosi eng ko'p bo'lgan sinf g'olib bo'ladi; ochkolar teng kelsa, jadvalda yuqoriroq turgan sinf g'olib sanaladi.
Natijalar jadvali berilgan. G'olib sinf jadvalning nechanchi qatorida turganini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda N va M. Keyingi N ta qatorda M tadan butun son.
Chegaralar: 1 ≤ N, M ≤ 500; har bir son moduli 104 dan oshmaydi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — g'olib qatorning raqamini (1 dan boshlab) chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.