Deadline bilan vazifalar

Masala #312 · murakkablik 36% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Frеlanser N ta buyurtma oldi. i-buyurtma 1 birlik vaqt oladi, di kundan kechiktirmasdan bajarilishi kerak va pi foyda beradi. Bir kunda faqat bitta buyurtma bajariladi.

Bajarish mumkin bo'lgan buyurtmalardan olinadigan maksimal umumiy foydani toping.

Aniqlashtirish: buyurtmani muddatidan oldin ham bajarish mumkin. Muddati o'tgan buyurtma bajarilmaydi (foyda olinmaydi).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda N. Keyingi N qatorda di pi (1 ≤ di ≤ N, 1 ≤ pi ≤ 106).

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 5000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — maksimal foyda.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.