Teng bo'laklar
Masala #58 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Duradgor ustaxonasida ikkita yog'och taxta bor. Usta ulardan javon uchun bir xil uzunlikdagi tokchalar tayyorlamoqchi.
Ikkala taxta ham bo'laklarga qoldiqsiz arralanishi kerak — yog'och isrof bo'lmasin. Bo'lakning uzunligi butun son bo'lishi shart, usta esa tokchalar iloji boricha uzun chiqishini xohlaydi.
Ikkala taxtaning uzunligi berilgan. Bitta bo'lakning eng katta mumkin bo'lgan uzunligini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita butun son A va B — taxtalarning uzunliklari.
Chegaralar: 1 ≤ A, B ≤ 109
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta bo'lakning eng katta mumkin bo'lgan uzunligini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.