Eng katta ko'paytma
Masala #193 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
O'yinda ishtirokchi stoldagi kartalardan ikkitasini tanlaydi; uning ochkosi shu ikki kartadagi sonlarning ko'paytmasiga teng. Kartalarda manfiy sonlar ham, nol ham bo'lishi mumkin.
Kartalardagi sonlar berilgan. Ishtirokchi eng ko'pi bilan qancha ochko olishi mumkinligini aniqlang. Bitta kartani ikki marta tanlab bo'lmaydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda butun son N — kartalar soni. Ikkinchi qatorda N ta butun son.
Chegaralar: 2 ≤ N ≤ 105; har bir son moduli 106 dan oshmaydi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — eng katta ko'paytmani chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.