Simmetrik Matritsa
Masala #107 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Shaharlar orasidagi masofalar jadvalida i-qator va j-ustun kesishgan katakda i-shahardan j-shahargacha bo'lgan masofa yoziladi. Yo'llar ikki tomonlama bo'lsa, u yoqqa va bu yoqqa masofa bir xil chiqishi kerak — jadval asosiy diagonaliga nisbatan simmetrik bo'ladi. Operator jadvalni qo'lda kiritgan, xato ketgan bo'lishi mumkin.
Kvadrat jadval berilgan. U asosiy diagonalga nisbatan simmetrik ekanini tekshiring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda butun son N. Keyingi N ta qatorda N tadan butun son.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 100
Chiquvchi ma'lumotlar
Jadval simmetrik bo'lsa Symmetric, aks holda Not Symmetric deb chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.