Yo'qolgan Raqam

Masala #77 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bosmaxonada 1 dan N gacha raqamlangan N ta guvohnoma tayyorlandi — har bir raqamdan bittadan. Yo'lda qutilardan biri ochilib ketib, bitta guvohnoma yo'qoldi. Qolganlari aralashib ketgan holda yetkazildi.

Yetib kelgan guvohnomalarning raqamlari berilgan. Qaysi raqamli guvohnoma yo'qolganini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda butun son N. Ikkinchi qatorda N − 1 ta har xil butun son — yetib kelgan guvohnomalar raqamlari.

Chegaralar: 2 ≤ N ≤ 105; har bir raqam 1 dan N gacha.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — yo'qolgan guvohnomaning raqamini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.