Zigzag O'qish
Masala #112 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Dalaga ishlov berayotgan traktor birinchi egatni chapdan o'ngga, ikkinchisini o'ngdan chapga, uchinchisini yana chapdan o'ngga haydaydi — shu tariqa ortiqcha yurmasdan butun dalani aylanib chiqadi. Dala jadval ko'rinishida berilgan: har bir katakdagi son — shu joydan olingan hosil.
Traktor kataklardan qaysi tartibda o'tgan bo'lsa, hosil qiymatlarini shu tartibda chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda N va M. Keyingi N ta qatorda M tadan butun son.
Chegaralar: 1 ≤ N, M ≤ 100
Chiquvchi ma'lumotlar
Barcha N·M ta sonni traktor yurgan tartibda, bitta qatorda probel bilan ajratib chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.