Sezar Shifri
Masala #97 · murakkablik 9% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Yuliy Sezar xatlarini oddiy usulda shifrlagan: har bir harf alifboda undan K ta keyin turgan harf bilan almashtiriladi. Alifbo halqa deb qaraladi — z dan keyin yana a keladi.
Bu masalada faqat kichik lotin harflari shifrlanadi; bosh harflar, raqamlar va boshqa belgilar o'zgarmaydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda probelsiz satr S va butun son K.
Chegaralar: 1 ≤ |S| ≤ 105, 1 ≤ K ≤ 25
Chiquvchi ma'lumotlar
Shifrlangan satrni chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.