Daraja
Masala #168 · murakkablik 17% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bakteriyalar koloniyasi har soatda A barobar ko'payadi. Tajriba bitta bakteriyadan boshlangan. Biolog N soatdan keyin koloniyada nechta bakteriya bo'lishini aniq bilmoqchi — taxminiy emas, oxirgi raqamigacha.
Javob juda katta bo'lishi mumkin: u yuzlab raqamdan iborat va standart butun son turlariga sig'maydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita butun son A va N.
Chegaralar: 1 ≤ A ≤ 10, 0 ≤ N ≤ 500
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — AN ning aniq qiymatini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.