Spiral To'ldirish
Masala #117 · murakkablik 10% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bog'bon kvadrat maydonga ko'chatlarni 1 dan boshlab raqamlab ekadi. U chap yuqori burchakdan boshlaydi va o'ngga qarab yuradi; devorga yoki ekilgan joyga yetganda o'ngga buriladi — avval pastga, keyin chapga, keyin yuqoriga, yana o'ngga… Shu tariqa u maydon markaziga qarab o'ralib boradi.
Maydon o'lchami N berilgan. Bog'bon ishini tugatgandan keyin maydon qanday ko'rinishini chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bitta butun son N.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 20
Chiquvchi ma'lumotlar
N ta qator chiqaring, har birida N ta son — ko'chatlar raqamlari.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.