Sovg'a to'plamlari
Masala #433 · murakkablik 40% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Do'kon bayram oldidan sovg'a to'plamlarini tayyorlamoqda. Peshtaxtada N ta turli buyum bor; har birining narxi ma'lum. Sovg'a to'plami — peshtaxtadagi buyumlardan bir yoki bir nechtasini tanlab olish; har bir buyum to'plamga ko'pi bilan bir marta kiradi.
Mijoz roppa-rosa S so'mlik to'plam so'radi. Sotuvchi unga nechta turli variant taklif qila olishini bilmoqchi. Ikki to'plam turli hisoblanadi, agar ulardan biriga kirgan qaysidir buyum ikkinchisiga kirmagan bo'lsa; narxi bir xil ikkita buyum ham alohida buyumlar sanaladi.
Buyumlarning narxlari va S berilgan. Narxlari yig'indisi aynan S ga teng bo'lgan to'plamlar sonini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda ikkita butun son N va S. Ikkinchi qatorda N ta butun son — buyumlarning narxlari.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 20; har bir narx 1 dan 109 gacha; 1 ≤ S ≤ 2·1010
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — mos to'plamlar sonini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.