Savdo Cheki

Masala #13 · murakkablik 2% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Savdo terminali har bir xariddan keyin chek chop etadi. Chekda mahsulot nomi, sotilgan dona soni, bir donasining narxi va xaridor to'laydigan umumiy summa turadi. Narx va umumiy summa doim nuqtadan keyin ikkita raqam bilan yoziladi.

Chekning shakli qat'iy belgilangan: har bir qator, har bir probel va chiziqcha o'z joyida bo'lishi shart, aks holda nazorat qurilmasi chekni qabul qilmaydi.

Xarid haqidagi ma'lumot berilgan. Chekni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta qiymat: mahsulot nomi (lotin harflaridan iborat bitta so'z), dona soni (butun son) va bir donasining narxi (haqiqiy son).

Chegaralar: nom uzunligi 1 dan 50 gacha; 1 ≤ dona soni ≤ 10 000; 0.01 ≤ narx ≤ 1 000 000.00

Chiquvchi ma'lumotlar

Chekni quyidagi shaklda, olti qatorda chiqaring (kvadrat qavslar o'rniga tegishli qiymatlar yoziladi):

--- RECEIPT ---
Item:  [nom]
Qty:   [dona soni]
Price: [narx]
Total: [umumiy summa]
---------------

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.