Aksiya: cooldown bilan maksimal foyda
Masala #346 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Treydar N kunlik aksiya narxlarini kuzatadi. U aksiyani sotib olishi va sotishi mumkin (bir vaqtda ko'pi bilan bitta aksiya). Aksiya sotilgandan keyin keyingi kunda yangi aksiya sotib olish mumkin emas (cooldown — bir kun kutish kerak).
Erishish mumkin bo'lgan maksimal foydani toping.
Aniqlashtirish: bir kunda bir nechta operatsiya qilish mumkin emas. Cooldown faqat sotilgandan keyin amal qiladi. Foyda manfiy bo'lmasligi kerak — operatsiya qilmaslik ham mumkin.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda N. Ikkinchi qatorda N ta butun son — kunlik narxlar (1 ≤ narx ≤ 106).
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — maksimal foyda.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.