Binar birliklar

Masala #180 · murakkablik 14% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kompyuter har qanday sonni ikkilik sanoq tizimida — faqat 0 va 1 raqamlari bilan — saqlaydi. Masalan, 13 soni ikkilik tizimda 1101 ko'rinishida yoziladi; bu yozuvda uchta birlik bor.

Aloqa kanallarida xatolarni aniqlash uchun ko'pincha uzatilayotgan sonning ikkilik yozuvidagi birliklar soni sanaladi va ma'lumot bilan birga jo'natiladi.

N soni berilgan. Uning ikkilik yozuvida nechta birlik borligini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son N.

Chegaralar: 0 ≤ N ≤ 1018

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — ikkilik yozuvdagi birliklar sonini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.